«Chelsi» yulduzi ketishi mumkin
«Chelsi» hujumchisi Kristofer Nkunku zaxirada o‘tirganidan mamnun emas. Fransiyalik futbolchi joriy APLda “ko‘klar” safida bor-yo‘g‘i bitta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Football Insider xabariga ko‘ra, forvard Mareska jamoasida asosiy futbolchiga aylanmasa, kelasi yozda ketishni talab qilishi mumkin.
Barcha turnirlarni hisobga oladigan bo‘lsak, Kristofer Nkunku ushbu mavsumda 11 ta o‘yinda 7 ta gol urdi. Londonliklar ustozi 26 yoshli futbolchidan Konferensiyalar ligasi va Liga kubogida foydalanyapti.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/