«Chelsi» yulduzi safga qaytmoqda
«Chelsi» vingeri Kristofer Nkunkuning tiklanishi avvaldan rejalashtirilgan muddatdan oldinroq ketmoqda, deb yozadi jurnalist Ben Jeykobs.
Manbaga ko‘ra, futbolchi allaqachon sport zalida faol mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmoqda, futbolchining sog‘ayish jarayoni esa ancha tezlashmoqda.
Avvalroq Maurisio Pochettino Nkunku eng yaxshi ssenariyda maydonga 25 noyabrda tushishi mumkinligini aytgandi. Shu kuni “aristokratlar” APL doirasida “Nyukasl”ga qarshi maydonga tushishadi.
Eslatib o‘tamiz, yozgi yig‘indagi jarohati sabab Nkunku joriy mavsumda birorta ham o‘yin o‘tkazmadi. Futbolchi “RB Leypsig”dan 60 million yevro evaziga sotib olingan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/