«PSJ» Reshfordni kuzatishda davom etmoqda
«Manchester Yunayted» vingeri Markus Reshford «PSJ»ga o‘tishi mumkin.
Team Talk nashri xabariga ko‘ra, parijliklar rahbariyati 2025 yilda 26 yoshli Reshford bilan hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» futbolchiga allaqachon qiziqish bildirgan, biroq u uchun so‘ralgan 120 million yevroni to‘lashga tayyor emas edi.
Joriy mavsumda Reshford barcha turnirlarni hisobga olgan holda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Aytish joizki, vingerning «MYU» bilan shartnomasi yana deyarli to‘rt yilga amal qiladi.
Transfermarkt mutaxassislari angliyalik futbolchining narxini 60 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/