«Liverpul»ning sobiq futbolchisi: «Salohning kelajagini bilmayman»

«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Jon Oldridj «mersisaydliklar» jamoasi hujumchisi Muhammad Salohning kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Saloh yangi shartnoma imzolaydi deb o‘ylamayman. U qaysi klubni tanlashini bilmayman, ammo erkin agent sifatida Muhammad ko‘p pulga ishonishi mumkin. Agar hammasi joyida bo‘lsa, men u uchun faqat xursand bo‘laman. U «Liverpul»ga borini berdi» – dedi Oldridj Liverpool Echo nashriga.

Eslatib o‘tamiz, misrlik forvard 2017 yildan beri «mersisaydliklar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 32 yoshli hujumchi 7 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter