Jerrard Salohning «Liverpul»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Stiven Jerrard «mersisaydliklar» hujumchisi Muhammad Salohning kelajagi haqida gapirdi.

«Menimcha, qaror uzoq vaqt oldin qabul qilingan. Saloh boshqa joyga boradi va u yerda o‘ynaydi. Balki Muhammad Saudiya Arabistoni chempionatida ishtirok etar. Umid qilamanki, «Liverpul» bu transferdan yaxshi pul oladi. Saloh Saudiya Arabistonida qirol bo‘lishi mumkin», – dedi Jerrard.

Saloh «Liverpul»da 2017 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali hujumchining narxini 65 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter