Nevill: «Manchester Yunayted» Uelbekni «Arsenal»ga qo‘yib yubormasligi kerak edi»
«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi, hozirda futbol eksperti Gari Nevill «Brayton» hujumchisi Denni Uelbek haqida fikr bildirdi.
«Denni yuqori formada. «MYU»ning har qanday o‘yinchisidan yaxshiroq. Rostini aytsam, uni «Arsenal»ga qo‘yib yuborish kerak emas edi, deb o‘ylayman», – dedi Nevill.
2014 yilda ingliz futbolchisi «Arsenal»ga o‘tdi, 2020 yilda esa «Brayton» futbolchisiga aylandi. Joriy mavsumda 33 yoshli hujumchi Angliya Premyer-ligasida 7 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/