Baena: «O‘yin qiyin bo‘lishini biladik»
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleks Baena Millatlar ligasi doirasidagi Daniya ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.
«O‘yin qiyin bo‘lishini kutgandik. Daniya juda yaxshi, himoyada juda tartibli va biz sabr-toqat hal qiluvchi bo‘lishini bilardik «, – deya Baena so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Ispaniya terma jamoasi «A» ligasi 4-guruhida 7 ochko bilan birinchi, Daniya 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/