«Vilyarreal» futbolchisi La Liga grandi safida to‘p tepishni xohlaydi
«Vilyarreal»ning hujumkor yarim himoyachisi Aleks Baena «Barselona»ga simpatiyasini yashirmaydi.
22 yoshli futbolchi Kataloniya gigantining transfer maqsadlari qatoriga kiritilgan edi, biroq shu oy boshida «Barselona» «sariq suv osti kemasi» so‘rovini qondirishni istamagani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Shunga qaramay, Baena bir kun kelib «Barsa»da o‘zini sinab ko‘rmoqchi.
«Barselona»da o‘ynash – hayotimdagi asosiy orzularimdan biri. Bu dunyoning eng yaxshi jamoasi», – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Cadena SER.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/