APL. “Manchester Siti” safarda “Nyukasl” bilan durang o‘ynadi

Angliya Premyer Ligasining 6-turi doirasida “Manchester Siti” va “Nyukasl” jamoalari 28 sentyabr, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida Yoshko Gvardiol hisobni ochdi. Bo‘lim “shaharliklar”ning 1:0 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda esa “Nyukasl” penalti ishlab oldi. 58-daqiqada Gordon 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirdi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

APL, 6-tur
28 sentyabr, shanba
“Nyukasl” — “Manchester Siti” 1:1
Gollar: 0:1 – 35 Gvardiol, 1:1 – 58 Gordon (penalti).
“Nyukasl”: Poup, Xoll, Bern, Sher, Trippyer (Livramento, 78), Bruno Gimaraes, Tonali (Longstaff, 77), Joelinton, Barns (Uillok, 76), Merfi, Gordon.
“Manchester Siti”: Ederson, Gvardiol, Akanji, Ruben Diash, Uoker, Lyuis (Savio, 81), Kovachich, Grilish (Doku, 81), Gundogan (Foden, 66), Bernardu Silva, Holand.
Ogohlantirishlar: Sher (26), Bruno Gimaraes (32), Ederson (56), Kovachich (60), Tonali (62), Grilish (62), Joelinton (63), Ruben Diash (90).

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter