Magnus Karlsen Rossiya shaxmat federasiyasidan sanksiyalar olib tashlanishiga qarshi chiqdi

Dunyoning eng yaxshi grossmeysteri sifatida tan olingan norvegiyalik Magnus Karlsen Rossiya shaxmat federasiyasidan sanksiyalar olib tashlanishiga qarshi chiqdi.

Bu haqda shaxmatchi FIDE 100 mukofotini topshirish marosimida e’lon qildi. Karlsenning ta’kidlashicha, shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni va bugungi kunda Putinning tanqidchisi Garri Kasparov uning o‘rnida bo‘lsa, sanksiyalarning bekor qilinishiga qarshi chiqish imkoniyatidan foydalangan bo‘lardi, shuning uchun Karlsen ham “xuddi shunday qiladi”.

Rossiya shaxmat federasiyasi 2022 yilning mart oyida Ukrainaning bosib olingan hududlaridagi faoliyati uchun sanksiyalarga duchor bo‘lgan, biroq 2024 yilning 14 sentyabrida cheklov 14 ming yevro miqdoridagi jarima bilan almashtirilgan.

Ukrainada urush boshlanganidan keyin rus shaxmat jamoasi ikkiga bo‘lingan. 44 ta imzo, jumladan, o‘ttiz nafar grossmeyster urushga qarshi murojaat qilgan. Avvalroq Qrimning Federasiya Kengashida vakillik qilgan Sergey Karyakin hamkasblariga qarshi norozilik bildirgan hamda bosib olingan hududlarda shaxmatni yo‘lga qo‘ygan.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter