«Chelsi» sardori hali beri maydonga qaytmaydi

«Chelsi» sardori Ris Jeyms maydonga qaytishga hali yaqin emas.

24 yoshli futbolchi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yini oldidan jarohat olgandi. O‘ng qanot himoyachisi sentyabrda tuzalib ketishi kutilgandi, ammo vaziyat bundan ham yomonroqdek.

Jurnalist Nizaar Kinsellaning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Jeymsning tez orada maydonga qaytish alomatlari yo‘q.

Futbolchi jarohatidan davolanishda davom etmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter