Van de Bek: «Manchester Yunayted»ga o‘tganim menga va klubga hech qanday yaxshilik olib kelmadi»
«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda «Jirona»da o‘ynayotgan Donni van de Bek 2020 yilda ingliz klubiga o‘tishi haqida gapirdi.
“Men yana [futboldan] zavq olishga harakat qilaman va muvaffaqiyatga erishayapman.
«Manchester Yunayted»ga o‘tish? Shubhasiz, bundan ikki tomon uchun ham hech qanday yaxshi narsa chiqmadi. Bu o‘tmishda qoldi, lekin men bu klub haqida birorta yomon so‘z aytmayman. Albatta, men ko‘p o‘ynamadim, lekin ko‘p narsani o‘rgandim. Meni yaxshi futbolchilar va klub tuzilmasidagi odamlar o‘rab olishdi. Kelajakda men bu tajribani ishlatishga harakat qilaman», – deya Van de Bek so‘zlarini keltiradi ESPN.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/