«Inter» himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi
«Inter» o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfris bilan yangi shartnoma imzolash arafasida.
Niderlandiyalikning amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi, bu esa ko‘pincha futbolchining ketishi haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ladi. Jurnalist Matteo Barzagining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, «Inter» Dyumfris bilan shartnomani uzaytirishga bir qadam qolgan. Lateral yiliga taxminan 4 million yevro ishlab oladi. Kelishuvning rasmiy tasdiqlanishi vaqt masalasidir.
Denzel 2021 yildan beri «neradzurrilar» safida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi Simone Indzagi jamoasining ikkita o‘yinida ishtirok etdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/