Anchelotti: «Yangi shartnoma? Hali shoshilmayapmiz»

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozda tugaydigan shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Oldinroq «Qirollik klubi» italiyalik mutaxassis bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi.

«Real» bilan yangi shartnomami? Biz hali shoshilmayapmiz. Agar klub baxtli bo‘lsa, men ham baxtliman. Amaldagi shartnomam kelasi yozda tugaydi. Aynan shu payt menda yangi shartnoma imzolash uchun vaqt bo‘ladi», – dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Avvalroq Anchelotti joriy mavsum yakunida Braziliya terma jamoasida ishlash mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter