Kan «Bavariya»ni tark etishi haqida gapirdi

Oliver Kan «Bavariya» bosh direktori lavozimini tark etishi haqida gapirdi.

«Bavariya»ning sobiq darvozaboni 2023 yilning may oyida bosh direktor lavozimini tark etgandi.

«Engillikmi? Yo‘q. Men bu mas’uliyatni o‘z zimmamga olishni xohlardim va bundan juda xursand bo‘ldim. Global klubning iqtisodiy, sport va sport-siyosiy jihatlarini birlashtirish men aynan shunday qilishni xohlardim.

Men 14 yil davomida o‘ynagan klubga nimadir qaytarish men uchun ichki burch edi. Ammo Myunxennikiga o‘xshagan dunyoda kerakli o‘zgarishlarni boshlash va yangi yo‘llarga borish juda qiyin.

Biz qilgan o‘zgarishlar «Bavariya» uchun mutlaqo to‘g‘ri bo‘lganiga bugun ham ishonchim komil. Biznes olamida yaxshi gap bor: “Madaniyat strategiyani nonushta qiladi”. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak: kompaniya madaniyati qanchalik istiqbolli ko‘rinmasin, har doim har qanday strategiyadan kuchliroqdir.

Men buni juda yaxshi tushundim. Ammo «Bavariya» futbol klubi juda siyosiylashgan va kuchlar turli yo‘nalishlarda harakat qilmoqda. Buni nazorat ostiga olish eng katta muammo”, – deydi sobiq darvozabon va myunxenliklarning sobiq bosh direktori.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter