«Roma» futbolchisi Niderlandiya klubiga yo‘l olishi mumkin

PSV «Roma»ning chap yarim himoyachisi Nikola Zalevski transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.

Qayd etilishicha, Rim klubi futbolchi uchun 12 million yevro olmoqchi.

Zalevski «Roma» tarbiyalanuvchisi. Uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. U 2020/21 yilgi mavsumda Rimliklarning asosiy jamoasida debyut qilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter