«Man Yunayted» va «PSJ» yarim himoyachi borasida kelishuvga erishdi

«PSJ» yarim himoyachisi Manuel Ugarte «Manchester Yunayted»ga o‘tadi.

Klublar urugvaylik futbolchining transfer shartlari bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgan. Ugarte avvalroq kutilganidek, 60 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati bilan «Manchester Yunayted»ga ijaraga o‘tadi, deb xabar beradi L’Equipe. Ushbu «variant» osonlik bilan bajarilishi mumkin bo‘lgan muayyan sharoitlarda majburiyatga aylanadi.

23 yoshli yarim himoyachi tezroq «qizil iblislar» safiga o‘tishni istamoqda. U uzoq vaqtdan beri ingliz klubiga o‘tishini talab qilib keladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter