«Yuventus» Sancho transferini amalga oshirishga umid qilmoqda

«Yuventus» yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar «Manchester Yunayted» yulduzi Jeydon Sanchoni o‘z safiga jalb qilishga umid qilmoqda.

«Keksa sinyora» rahbariyati «qizil iblislar»ga angliyalik futbolchini 40 million funt sterlingga (47 million yevro) sotib olish imkoniyati bilan mavsum oxirigacha ijaraga olishni taklif qilishga tayyor, deya xabar beradi insayder Janluka di Marsio. Asosiy muammo 24 yoshli futbolchining yuqori maoshi: “Manchester Yunayted”dagi amaldagi shartnomasiga ko‘ra, vinger yiliga 20 million yevroga yaqin maosh oladi.

Jeydon Sanchoga «PSJ» ham qiziqish bildirgan. Futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Dortmundning «Borussiya»sida ijara asosida o‘tkazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter