«Napoli» ikki futbolchidan birini tanlash kerak

«Napoli» yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumki, italyan klubi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Skott Maktominayga da’vogarlik qilmoqda, ammo «qizil iblislar» talab qilayotgan 30 million yevroni to‘lashga hozircha roziligini bildirgani yo‘q.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “Fiorentina” futbolchisi Sofyan Amrabat ham “Napoli”ning qisqa ro‘yxatidan joy olgan. 27 yoshli marokashlik futbolchi o‘tgan mavsumni xuddi shu «Manchester Yunayted»da ijara asosida o‘tkazdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter