«MYU» Varanning o‘rnini «Chelsi» himoyachisi bilan to‘ldirmoqchi
«Manchester Yunayted» «Chelsi»dan Trevo Chalobaning transferini ko‘rib chiqmoqda.
Himoyachilarining ko‘plab jarohatlari va Rafael Varanning ketishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli Manchester klubi keyingi mavsumda orqa chizig‘ini kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
«Chelsi» moliyaviy sabablarga ko‘ra Chaloba bilan xayrlashishga tayyor, klub futbolchini 25 million funtga baholamoqda, deya xabar beradi Independent. «Yunayted» bu taklifni rahbariyatning transfer siyosatiga yondashuvini qayta ko‘rib chiqish rejalari sifatida baholamoqda.
Bundan xulosa shuki, bu sohani tubdan yaxshilash kerak, chunki bir qator noto‘g‘ri qarorlar natijasida yuqori maoshga ega bo‘lgan jamoa sun’iy «shishirilgan». Mankunianliklar muvaffaqiyatli klublarning yondashuviga taqlid qilmoqchi, asosan o‘sish potensiali va zamonaviy talablar uchun 25 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilarni sotib olishadi. Chaloba iyul oyida 25 yoshga to‘lsa ham, bu mezonlarga javob beradi.
Joriy mavsumda himoyachi Premyer-liganing 13 ta uchrashuvida qatnashib, bitta gol urgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/