«Yuventus» 2 kun ichida Gonsalesning transferini kelishib oladi

«Yuventus» Nikolas Gonsalesni sotib olishga yaqin turibdi.

Insayder Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, «Fiorentina» bilan shartnoma yaqin ikki kun ichida kelishib olinadi. Hozir tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichida.

Argentinalik yarim himoyachi 30 million yevro va 4 yoki 5 million bonus evaziga kelishi kutilmoqda.

Gonsalesning o‘zi «Yuventus»ga o‘tishga qaror qilgan va shuning uchun «Atalanta» uni qo‘lga kiritish imkoniyati kam. Ta’kidlanishicha, «byankoneri» futbolchining Turinga payshanba kunidan kechiktirmay yetib borishini xohlaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter