«Roma» «Yuventus» himoyachisini sotib olmoqchi

«Roma» «Yuventus» markaziy himoyachisi Tyagu Djaloga qiziqish bildirmoqda.

Portugaliyalik futbolchini «Keksa sinyora» yanvar oyida Fransiyaning «Lill» klubidan sotib olgandi, biroq Turinda o‘zini ko‘rsata olmadi – olti oy ichida atigi bir marta maydonga tushdi. Jurnalist Marko Konterioning yozishicha, 24 yoshli futbolchi joriy transfer oynasi yopilgunga qadar «Yuventus»ni tark etadi va «Roma» uni taklif qilmoqchi. Rimliklar yaqin kelajakda futbolchi uchun taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Tyagu Djaloning «Yuventus» bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. «Transfermarkt» ma’lumotlariga ko‘ra, markaziy himoyachining transfer qiymati 12 million evroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter