«Barselona» futbolchisiga La Liganing uchta klubi da’vogarlik qilmoqda

«Barselona» hujumchisi Vitor Roke ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun La Liganing boshqa klubiga ketishi mumkin.

Kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchini ijaraga bermoqchi, chunki u asosiy tarkibga kiritilmagan. Jurnalist Roxer Torelyoning yozishicha, «Jirona», «Betis» va «Real Sosyedad» braziliyalik futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga olishga tayyor.

Biroq, da’vogarlarning hech biri hozircha aniq taklif bilan chiqmagan. Vitor Roke “Barselona” safida 16 ta o‘yinda 2 ta gol urgan. Bugun Xans-Diter Flik shogirdlari La Liganing 1-turi doirasida «Valensiya»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi. Roke hozirda Ispaniya chempionati ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter