Postekoglu: «U bizga juda mos keladi»

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Angelos Postekoglu hujumchi Dominik Solanke transferi haqida fikr bildirdi.

10 avgust kuni «shporlar» «Bornmut»dan 26 yoshli hujumchini sotib olganini e’lon qildi.

«Solanke men olishni juda xohlagan odam edi. Ishonchim komilki, u bizga juda mos keladi», – deya murabbiy so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Romanoning ta’kidlashicha, barcha inkorlarga qaramay, «Tottenxem» bir necha hafta davomida Solanke transferi ustida ishlagan, bu Postekogluning asosiy maqsadi edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter