Postekoglu: «Biz raqibga emas, o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratamiz»

«Tottenxem»ning «Chelsi»ga qarshi o‘yini «aristokratlar»ning Liga kubogi finalidagi o‘yini tufayli qoldirildi.

“Shporlar” bosh murabbiyi Anje Postekoglu yuzaga kelgan tanaffus haqida fikr bildirdi.

«Bu ideal emas. Biz uchun mavsum biroz chalkash kechmoqda. Ko‘p pauzalar va qayta boshlashlar bo‘ldi. Endi oldinda bir nechta o‘yinlar, keyin esa terma jamoalar o‘yinlari uchun yana bir tanaffus bor.

Hech bo‘lmaganda bundan keyin bizda muntazam o‘yinlar bo‘ladi. «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinmi? Murabbiyi yaqinda almashtirilgan jamoalarga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish har doim qiyin kechadi.

Yangi murabbiy bilan hamma narsa tabiiy ravishda o‘zgaradi. Odatda buning ijobiy ta’sirini ko‘rishingiz mumkin.

Ammo men hali ham rivojlanishimizning yaxshi bosqichidamiz deb o‘ylayman. Biz raqibga emas, o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratamiz», — dedi Postekoglu.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter