Rednapp: «Fergyuson Beylni omadsiz deb aytgandi»

Garri Rednapp Aleks Fergyuson Garet Beylni omadsiz deb ataganini esladi.

«Men klubga birinchi kelganimda u 20 ta o‘yin o‘tkazgan va hech qachon g‘alaba qozongan jamoada bo‘lmagan. Esimda, Aleks menga: «Men uni maydonga tushirmasdim, Xarri, u omadsiz» – degandi.

U taxminan 24 o‘yin o‘tkazdi va «Tottenxem»ga qo‘shilganidan beri hech qachon g‘alaba qozona olmadi, bu ajoyib rekorddir. Bu uning aybi emas, shunchaki vaziyat shunday tus oldi. U zaxirada qolganida ham, asosiy tarkibda maydonga tushganida ham jamoa g‘alaba qozona olmadi.

Yakunda biz bu la’natni yengdik va o‘tmishni hech qachon eslamadik. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortdi va u fantastik futbolchiga aylandi», – dedi «Tottenxem»ning sobiq bosh murabbiyi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter