Svitolina: «Bayroqdorlik maqomi men uchun juda muhim»
Ukrainalik tennischi Elina Svitolina 2024 yilgi Olimpiada haqida umidlari bilan o‘rtoqlashdi va mamlakat bayroqdori maqomi haqida ham fikr bildirdi.
“Bu men uchun uchinchi Olimpiada. Homiladorlikdan keyin men uchun Olimpiadaga borish juda muhim edi, bu birinchi raqamli vazifa edi.
Shu bois u yerda bo‘lganimdan xursandman va imkon qadar turnirda eng yaxshi o‘ynashga harakat qilaman. Bu men uchun eng muhim musobaqalardan biridir. Tokioda bo‘lgani kabi medal olishga harakat qilaman.
Bayroqdorlik maqomi? Bu men uchun juda muhim. Mixail Romanchuk bilan bayroqni ko‘tarish sharafdir.
Bunday imkoniyat uchun sizga katta rahmat», – deya Svitolinaning so‘zlarini keltiradi «Suspilne Sport».
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/