«Arsenal»ning sobiq himoyachisi Rossiyaga keldi
«Arsenal» va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Andre Santos Rossiyaga keldi.
Selso shahrining «Sokol» jamoasi 41 yoshli Santosning «Avangard» bilan o‘yinda maydonga tushishini ma’lum qildi.
Bir kun avval braziliyalik Moskvaga uchib, so‘ng Bryansk viloyatiga yo‘l oldi.
Santos «Atletiko Mineyro», «Korintians», «Fenerbaxche», «Arsenal» va boshqa klublarda o‘ynagan.
Braziliya terma jamoasi safida 24 ta o‘yin o‘tkazgan va 2009 yilda Konfederasiyalar kubogini qo‘lga kiritgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/