Eronlik futbolchi Rossiyaga borishdan bosh tortdi

«Persepolis» va Eron terma jamoasi darvozaboni Alirizo Beyranvand yozgi transfer oynasida Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tishdan bosh tortdi.

«Beyravand «Spartak»ka borishdan bosh tortdi – u Rossiyaga ko‘chib o‘tmoqchi emas. Uning «Persepolis» bilan bir yillik shartnomasi bor va uni sotib olish bandi yo‘q.

Alirizo chempion bo‘ldi va shartnomasi oxirigacha klubda qoladi. U Rossiyaga ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqadimi yoki yo‘qmi, noma’lum”, — deya agent Kova Tilavpurning so‘zlaridan iqtibos keltirgan SE.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter