Amerika kubogi finalida Shakira chiqish qiladi
Amerika kubogi finalidagi tanaffus odatdagidan uzoqroq bo‘ladi.
Turnirning final uchrashuvida Argentina va Kolumbiya terma jamoalari to‘qnash kelishadi. O‘yin 15 iyul kuni Mayami Gardensda bo‘lib o‘tadi.
Birinchi bo‘limdan keyingi tanaffus odatdagidek 15 daqiqa emas, 25 daqiqa davom etadi, deb yozadi Bolavip, ESPN jurnalisti Diyego Monroigga tayanib. Bu Shakiraning chiqishi bilan bog‘liq.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/