Rabyoga Yevropaning uch grandi qiziqish bildirmoqda

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabyoga Yevropaning uchta top-klubi qiziqish bildirmoqda. Eslatib o‘tamiz, futbolchi Turinning «Yuventus» bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin erkin agentga aylandi.

Calciomercato xabariga ko‘ra, yarim himoyachi xizmatlariga «Liverpul», «Bavariya» va «Real» kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda. Futbolchi uchun kurashda qaysi klub favorit hisoblanishi hozircha noma’lum.

29 yoshli Rabio Italiya chempionati so‘nggi mavsumida beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi 2019 yildan beri Turinning “Yuventus” klubida to‘p tepib kelayotgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter