Yamal: «Xavining ketishi juda g‘alati bo‘ldi»
«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal bosh murabbiyi Xavining iste’fosi haqida gapirdi.
«Bu juda g‘alati edi. Avval ketadi, keyin qoladi… G‘alati bo‘ldi, axir biz ham sizdek voqealarni ko‘rdik. Men juda xafa bo‘ldim, chunki Xavi mening professional darajadagi birinchi murabbiyim edi», – deydi futbolchi.
O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, Xavi boshchiligidagi «Barselona» 85 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/