Tuxel «Bavariya»da eng yomon natijalardan birini qayd etmoqda

Tomas Tuxel «Bavariya» boshchiligidagi o‘yinlarining deyarli chorak qismini yutqazdi.

Bundesliganing 27-turida «Borussiya» bilan uchrashuv (0:2) uning myunxenliklar bosh murabbiyi sifatidagi 50-o‘yini bo‘ldi. Bu uning klubdagi faoliyati davomida barcha turnirlardagi 12-mag‘lubiyatiga aylandi.

Tuxel shu paytgacha o‘tkazgan o‘yinlarining 24 foizida mag‘lub bo‘lgan. Bu Syoren Lerbidan (1991–1992) keyingi eng yomon natija bo‘lib, unda «Bavariya» 41,2 foiz bahslarda (7/17) yutqazgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter