Dayer: «Keyn – dunyodagi eng yaxshi hujumchi»

«Bavariya» markaziy himoyachisi Erik Dayer o‘zining jamoadoshi Xarri Keynni maqtadi.

“Keyn – dunyoning eng yaxshi hujumchisi. Balki Germaniyadagilar Xarri transferigacha buni anglamagandir. Biroq, men bu haqda oldindan bilardim. U juda barqaror va doimo yuqori konsentrasiyani saqlaydi», – deya Dayerning so‘zlarini keltirgan Kicker.

Keyn joriy Germaniya chempionatida allaqachon 31 ta gol urgan. Agar ingliz futbolchisi Bundesliganing qolgan 8 turida 11 ta gol ursa, Germaniya chempionatining bir mavsumida eng ko‘p gol urish bo‘yicha Robert Levandovski rekordini yangilaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter