Alguasil: «Zaxaryan uchun juda xursandman»

«Real Sosyedad» bosh murabbiyi Imanol Alguasil rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryanning Ispaniya jamoasidagi birinchi goli haqida fikr bildirdi.

Futbolchi La Liganing 29-turidan o‘rin olgan «Kadis»ga (2:0) qarshi o‘yinning 68-daqiqasida gol urdi.

«Men Zaxaryan uchun juda xursandman. U bunga loyiq edi. U yosh, tinmay ishlaydi, o‘rganishni istaydi, yaxshi fazilatlarga ega.

U moslashishda muammolarga duch keldi va ispan tilini imkon qadar tezroq o‘rganishi muhim, bu unga albatta foyda keltiradi.

Vaqt o‘tishi bilan atrofingizdagilardan ko‘proq narsa o‘rgansangiz, vaziyat yaxshilanadi», – dedi murabbiy.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter