Habib Nurmagomedov UFC 300 turnirida jang qilish taklifini olgan

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov UFC 300 da jang qilish uchun taklif bo‘lganini aytib o‘tdi.

UFC’ning yubiley raqamli turniri Las Vegasda 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. UFC 300 turnirining asosiy jangi Aleks Pereyra hamda Jamal Hill o‘rtasida kechadi.

“Ular Aliga (Habibning menejeri) qo‘ng‘iroq qilganidan xabarim bor, lekin men unga bir yil oldin jang borasida qo‘ng‘iroqlar bo‘lsa, rad javobini berishini aytganman.

Oramizda kelishuv bor: shaxsan menga bu masalada hech kim aloqaga chiqmaydi. Biroq, Ali UFC’dagi odamlar bilan gaplashganini bilaman.

Barchasi 2020 yil oktyabr oyida hal bo‘lgan. O‘shanda men faoliyatimni tugatganimni e’lon qilganman. Endi qaytish haqida hech qanaqa gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.

Getjiga qarshi jang men uchun eng so‘nggisi edi”, — deydi Habib.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov 2020 yilning 24-oktyabrida UFC 254 musobaqasida oktagondagi oxirgi jangini o‘tkazgan. Ushbu musobaqadagi jang orqali Habib ketma-ket uchinchi bor chempionlik kamarini himoya qilgan. Unga Jastin Getji raqiblik qilgandi. Nurmagomedov Getjini bug‘ish usuli bilan muddatidan oldin mag‘lub etgan. Bu dog‘istonlik jangchining 29-g‘alabasi edi.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter