Levandovskining kelajagi yozda hal bo‘ladi
Joriy mavsumning so‘nggi qismi polshalik hujumchi Robert Levandovski uchun juda muhim. Gap shundaki, Robertning to‘rt yillik shartnomasida shunday band bor.
Agar u uchinchi mavsumida klub safida 55 foizdan kam o‘yin o‘tkazsa, u holda «Barselona» shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishi va unga klub bilan oxirgi mavsumi uchun pul to‘lamasligi mumkin. .
Bu futbolchining yoshi bilan bog‘liqligini tushunish oson. «Barselona» klubning asosiy to‘purari sifatida yoshi katta futbolchilarga tayanishga odatlanmagan. Robert klubda qolishini yangi murabbiy hal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/