Keyn Levandovskining rekordini yangilash imkoniyati haqida fikr bildirdi
«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Bundesligada bir mavsumda gol urish bo‘yicha myunxenliklarning sobiq hujumchisi Robert Levandovskining rekordini yangilash imkoniyatlarini baholadi. Polyak 2020/21 yilgi mavsumda 41 ta gol urdi. Robertning rekordini takrorlash uchun Keyn qolgan 14 turda 17 ta gol urishi kerak.
«Men har doim o‘zimga ishonganman va Premyer-ligada ham bir mavsumda ko‘p gol urganman. Bundesligada ham shunday qilishni xohlardim, lekin mavsumning ushbu bosqichida o‘z hisobimga bunchalik ko‘p gol yozdirib qo‘yishimni tasavvur ham qilmagandim. Siz meni bilasiz, men o‘zimga chegara qo‘yishni yoqtirmayman. Men rekordlar haqida o‘ylamaslikka harakat qilaman, lekin ular mashaqqatli mehnat natijasidir. Men hozir bor e’tiborimni qisqa muddatli maqsadlarga qaratyapman, lekin agar rekordga yaqinlashsam, albatta, uni yangilashni xohlayman”, dedi Keyn PA Media nashriga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/