Tuxel bir shart bilan «Barselona» taklifini ko‘rib chiqadi
«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel faqat bir shart bilan «Barselona» taklifini ko‘rib chiqadi.
The Sun nashrining yozishicha, nemis mutaxassisi birinchi navbatda «Manchester Yunayted»da ishlashni maqsad qilgan. Faqat Angliya Premyer-ligasiga qaytolmasa, Tuxel «Barselona» taklifini ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Tomas mavsum yakunida “Bavariya”ni albatta tark etadi. Xuddi shunday «Barselona» ham bosh murabbiysiz qoladi, chunki Xavi Ernandes o‘z lavozimini tark etadi. 50 yoshli Tuxel «ko‘k-anorranglilar» boshqaruviga ustuvor nomzodlardan biri hisoblanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/