Nagelsmann: «Muxlislar Yevroda aniq o‘ynaydi deb o‘ylayotgan ba’zi futbolchilar terma jamoaga chaqirilmaydi»

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann terma jamoaning Yevro-2024 uchun qaydnomasida kutilmagan hodisalar bo‘lishiga ishora qildi.

«Xarakter iste’dodni yengadi. Shu bois Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etgan tarkibni o‘zgartirmoqdamiz.

Terma jamoaga o‘nta yangi o‘yinchini chaqirishimiz shart emas, lekin odamlar, albatta, yevrokubokda bo‘ladi deb o‘ylayotgan ba’zi futbolchilar chaqirilmaydi», – dedi Nagelsmann Der Spiegel bilan suhbatda.

Yevro-2024 da Germaniya Shotlandiya, Vengriya va Shveysariya bilan birga A guruhida kurash olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter