Nagelsmann Germaniya terma jamoasini boshqarish uchun ochiq

Germaniya futbol assosiasiyasi bosh murabbiy tayinlash borasida Yulian Nagelsmann bilan muzokaralar olib bormoqda. Jurnalist Kerri Xau bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassis «Bundestim»ni boshqarishga ochiq.

Qayd etilishicha, Nagelsmannni Germaniya terma jamoasini kelasi yozda o‘z uyida bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida boshqarishning noyob imkoniyati o‘ziga tortmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nagelsmann mart oyida «Bavariya»dan haydalganidan beri ishsiz qolmoqda. Avvalroq Yulian «Chelsi» va «Tottenxem» bilan muzokaralar olib borgan, biroq Angliya Premyer-ligasida ish boshlamagandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter