«Bavariya» himoyachisining qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

«Bavariya»ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis kechagi Chempionlar ligasi doirasida «Lasio»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilgandi.

Biroq kanadalik futbolchi jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmadi va uchrashuvda ishtirok eta olmadi. Kicker’ning so‘zlariga ko‘ra, Devisning tiklanishi uchun yana biroz vaqt kerak bo‘ladi.

Kanadalik futbolchi «Boxum» bilan keyingi o‘yinda aniq maydonga tushmaydi, ammo futbolchi fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan «RB Leypsig» bilan o‘yin uchun tarkibda bo‘lishi kerak.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter