«Ayaks» tarkibidagi jahon chempioni o‘yin amaliyotidan norozi
«Ayaks»ning argentinalik darvozaboni Jeronimo Ruli Niderlandiya poytaxtiga ko‘chib o‘tganidan bir yil o‘tib Amsterdam klubini tark etish niyatida.
VI xabariga ko‘ra, futbolchi «Yoxan Kroyff Arena»dagi ikkinchi darvozabon maqomidan qoniqmagani uchun klubdan transfer so‘rovini yuborgan.
Qayd etilishicha, darvozabon shu yilning yanvar oyida jamoani tark etmoqchi. “Ayaks” rahbariyati yaxshi taklif tushsa, futbolchini sotishga tayyor.
Transfermarkt portali 31 yoshli jahon chempionining narxini sakkiz million yevroga baholamoqda. Bu mavsumda Ruli faqat bitta o‘yin o‘tkazdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/