Ten Xag: «Ishonchim komilki, Xyoylund yaqinda Premyer-ligadagi ilk gollarini uradi»
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Rasmus Xyoylundning o‘yini haqida fikr bildirdi. 20 yoshli daniyalik hujumchi yozda «Atalanta»dan 75 million yevro evaziga jamoaga o‘tgan edi.
«U Chempionlar ligasida eng yuqori saviyada 5 ta gol urdi. Bu yosh futbolchining ajoyib o‘yini bo‘lib, uning salohiyati darhol namoyon bo‘ldi. Ishonchim komilki, Xyoylund yaqinda Premyer-ligadagi ilk gollarini uradi. Men uning mashg‘ulotlarda hamma kuchini qanday sarflayotganini ko‘ryapman» – dedi Ten Xag matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” so‘nggi ikki o‘yinda birorta ham gol urmasdan mag‘lub bo‘lgandi. Ertaga ten Xag jamoasi mehmonda APL peshqadami «Liverpul» bilan uchrashadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/