Keyn: «Bizda saralashdagi eng qiyin guruhlardan biri bor edi»
Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Yevro-2024 saralashida Italiya ustidan qozonilgan g‘alaba (3:1) haqida fikr bildirdi.
«Ba’zida saralash oson bo‘lib tuyuladi, lekin yigitlarga rahmat, chunki unday emas. Bizda eng qiyin guruhlardan biri bor edi, so‘nggi yillarda ba’zi yirik davlatlar katta turnirlarda ishtirok etmayotganini ko‘rdingiz, biz ikki o‘yin bilan saralashdan o‘tdik, bu esa biz borayotgan yo‘lni to‘g‘riligini ko‘rsatadi.
Biz bundan bahramand bo‘lishimiz mumkin, bu hamma uchun ajoyib o‘yin bo‘ldi, hatto mag‘lub bo‘lganimizda ham vahima yo‘q edi. Biz xotirjamlikni saqlab qoldik va butun o‘yin davomida qiladigan ishimizni qilishda davom etdik, buning uchun biz mukofot oldik”, — deya Keyn so‘zlarini keltirgan BBC.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/