Deku: «Barselona» ketgan futbolchilarning bir qismi bilan xayrlashishni istamadi»
«Barselona» sport direktori Deku klubning yozgi transfer oynasidagi ishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘tgan yozda Usmon Dembele, Frank Kessie, Niko, Abde Ezzazuli , Serxio Buskets va Jordi Alba va bir qator futbolchilar jamoani tark etishdi. Ansu Fatiga ijara asosida o‘ynashga ruxsat berildi.
“Biz ko‘proq o‘yinchilarni tarkibimizda saqlashni rejalashtirgan edik, lekin ularning ko‘plari tez-tez o‘ynashni xohlashdi, shuning uchun ular bizni tark etishga qaror qildi. Jamoamizning hozirgi ko‘rinishidan mamnunman», – dedi Deku.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/