Bekxem «MYU» elchisi sifatida ishlash haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Yaqinda matbuotda agar Shayx Jassim klubni sotib olsa, David Bekxem «Manchester Yunayted»ga elchi bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Bunga Bekxemning o‘zi izoh berdi.

«Hozircha elchi bo‘lishim haqida hech qanday gap bo‘lmagan. Qatar bilan uzoq yillik munosabatlarim bor, bir muddat «PSJ»da o‘ynaganman. Odamlar u yerda qandaydir aloqani ko‘rishadi» – dedi Bekxem NBC bilan suhbatda.

David Bekxem MLSda o‘ynaydigan «Inter Mayami» klubining asosiy investori hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Bekxem bir vaqtlar “Manchester Yunayted”da futbolchi sifatida o‘ynagan. 2003 yilda ingliz futbolchisi «qizil iblislar»ni tark etib, «Real»ga o‘tgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter