«Manchester Siti»ning rejalariga o‘zgartirish kiritildi

“Manchester Siti” kuchli shamol tufayli Germaniyaga rejadagidek bormadi.

Seshanba kuni tushdan keyin ingliz jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi o‘yin uchun Leypsigga yetib borishi kerak edi, biroq ularning Manchester aeroportidan parvozi kuchli shamol ogohlantirishi tufayli kechiktirildi.

«Manchester Siti» seshanba kuni kechqurun Germaniyaga yetib borishga umid qilmoqda, ammo bosh murabbiy Pep Gvardiola «Leypsig» stadionida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yin oldidan Zoom orqali matbuot anjumani o‘tkazishi kutilmoqda.

“Leypsig” – “Manchester Siti” uchrashuvi 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter