PSV futbolchisi o‘yinga ketar chog‘da uxlab qoldi
PSV yarim himoyachisi Malik Tilman «Almere Siti» bilan o‘yinda ishtirok etmadi, chunki u jamoaning safar o‘yiniga jo‘nab ketish chog‘ida uxlab qoldi.
Goal nashri xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi signalni eshitmagan va o‘z vaqtida uyg‘ona olmagan. Manbaga ko‘ra, Tilman jamoa joylashgan joyga o‘zi kelishga tayyor edi, biroq buni jamoa ustozi Piter Bosh taqiqlagan.
Joriy mavsumda Tilman PSV safida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, PSV Niderlandiya chempionatining 5-turi doirasidagi o‘yinda raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/