Gvardiola Dokuni Sane va Sterlingga o‘xshatdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Jeremi Dokuning qobiliyatlari haqida gapirdi.
«Siti» avgust oyida 21 yoshli vingerni «Renn»dan 60 million yevroga sotib olgandi. APLning so‘nggi turidan o‘rin olgan “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda (3:1) belgiyalik futbolchi yangi jamoasi safidagi ilk golini urdi.
«Jeremi juda yaxshi moslashmoqda, u ajoyib yigit. Uning o‘ziga xos mahorati bor, u maydonning qolgan uchdan bir qismida juda xavfli va biz bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Doku juda tezkor o‘yinchi, u qisqa masofalarni tez bosib o‘tadi, u Leroy [Sane] va Rahim [Sterling]ga juda o‘xshaydi», – dedi Gvardiola.
Shanba kuni “Manchester Siti” o‘z maydonida “Nottingem Forest”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/